Yevropa universitetiga hujjat topshirish endi tasodifga qolmaydi
Shveytsariya, Germaniya, Italiya va Vengriyaga o‘qishga kirish uchun kerak bo‘ladigan asosiy bosqichlarni — diagnostika, hujjatlar va 4 ta davlat portallarini — bitta tizimda o‘rganasiz. Viza seansi Standart va VIP da. Marshrut shu uchun yaratildi.
Bu sizga tanishmi?
- Qaysi davlatni tanlashni bilmaysiz — Shveytsariyami, Germaniyami, boshqasimi?
- Motivatsion xatni forumlardan, tasodifiy maslahatlardan termalab yozyapsiz
- Stipendiya borligini bilasiz, lekin qanday olishni hech kim tushuntirmagan
- Har oy «keyinroq boshlayman» deysiz, lekin muddatlar yaqinlashib qolgan
Yolg‘iz his qilyapsizmi? Bu tabiiy — chunki hech kim sizga bu yo‘lni boshidan oxirigacha ko‘rsatib bermagan. Biz aynan shu bo‘shliqni to‘ldiramiz.
Bu yo‘lni o‘zi bosib o‘tgan odam sizga hamroh bo‘ladi

Dilnavoz Po‘latboyeva
Admissions mentor
- Najot Ta’lim — SAT & Admission o‘qituvchisi
- SwissUni.uz platformasi asoschisi
Men Dilnavoz — Namangandan. IELTS va SAT o‘qituvchisi sifatida ishlab, keyin o‘zim Yevropa universitetiga hujjat topshirdim va qabul qilindim: 2026-yil sentyabrdan Shveytsariyaning Zug shahridagi HSLU universitetida bakalavriat bosqichini boshlayman.
Bu yo‘lda men nimalar ishlashini, nimalar vaqt yo‘qotishini — o‘z tajribamdan bilaman. Marshrut aynan shu tajriba asosida qurildi: nazariya emas, real portallar, real muddatlar, real xatolar ustida ishlaymiz.
Mentorning natijalari
- HSLU — Lucerne University of Applied Sciences and Arts
BSc International IT Management, 2026/27 o‘quv yiliga qabul qilingan - Marymount Manhattan College (Nyu-York)
Presidential International Scholarship — 4 yil uchun jami $88,000 (yiliga $22,000), College Honors Program taklifi bilan - Webster University in Tashkent
Computer Science (BS) yo‘nalishiga qabul - Shveytsariya talaba vizasi (D toifa)
Admissiondan keyingi viza jarayoni to‘liq amaliyotda o‘tilgan - Najot Ta’lim maktabi
SAT va Admission yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchi — o‘quvchilarni xalqaro universitetlarga tayyorlaydi - SwissUni.uz platformasi asoschisi
Shveytsariya universitetlariga hujjat topshirish bo‘yicha o‘zbek tilidagi yagona platforma
HSLU qabul xati 🇨🇭 MMC — $88,000 grant 🇺🇸 Webster qabul xati 🎓 Shveytsariya vizasi 🛂
Barcha hujjatlar mentorning shaxsiy admissions tajribasidan. Kattalashtirish uchun bosing.
7 haftalik umumiy dastur — viza alohida seans
- Hafta 1–2
Diagnostika
Qaysi davlat sizga mos? Hujjatlar ro‘yxati, motivatsion xat va CV metodikasi
- Hafta 3–4
Vengriya moduli
Stipendium Hungaricum — O‘zbekiston fuqarolari uchun ochiq! Tavsiyanoma strategiyasi va moliyaviy reja
- Hafta 5
Shveytsariya moduli
Universitet portallari, til yo‘nalishlari, real muddatlar
- Hafta 6
Germaniya moduli
uni-assist tizimi, Sperrkonto, DAAD stipendiyalari
- Hafta 7
Italiya moduli
Universitaly portali, DSU stipendiyalari
- Hafta 8
Viza va jo‘nashFaqat Standart va VIP
Alohida seans: jo‘nash oldi tayyorgarligi + shaxsiy harakat rejangiz. Starter 7-haftada tugaydi — viza uchun Standart yoki VIP ga o‘ting.
1–7-haftalar barcha rejalarga kiradi. Starter shu yerda yakunlanadi. Standart va VIP 8-haftada alohida viza seansiga qoladi. Darslardan so‘ng 20 dan oshiq video darslik sizda qoladi.
Nega aynan bu 4 ta davlat
Vengriya
Stipendium Hungaricum orqali to‘liq grant imkoniyati, O‘zbekiston uchun har yili maxsus kvota
Shveytsariya
Dunyodagi eng kuchli universitetlar, aniq va shaffof qabul tizimi
Germaniya
Davlat universitetlarida deyarli bepul ta’lim, keng dastur tanlovi
Italiya
Arzon yashash xarajatlari, mintaqaviy stipendiyalar (DSU)
Yolg‘iz urinish — yoki tayyor tizim
O‘zingiz
Marshrut
O‘zingiz: Qaysi davlatni tanlashni taxmin qilasiz
Marshrut: Diagnostika — sizga mos variantlar
O‘zingiz: Motivatsion xatni forumlardan termalaysiz
Marshrut: Metodika + hujjat tekshiruvi
O‘zingiz: Darsni o‘tkazib yuborsangiz, yo‘qoladi
Marshrut: 20 dan oshiq video — qayta ko‘rasiz
O‘zingiz: «Keyinroq» deb muddatni o‘tkazib yuborasiz
Marshrut: 7 haftalik tizim, keyin o‘z sur’atingizda
O‘zingizga mos rejani tanlang
Har bir reja ichida
- 20 dan oshiq video darslikJonli dasturdan keyin ham qayta-qayta ko‘rasiz
- 7 haftalik jonli dasturDiagnostika, hujjatlar, 4 ta davlat va moliyaviy reja
- Diagnostika konsultatsiyasiQaysi yo‘l sizga mos — aniqlab olamiz
- Materiallar sizda qoladiHujjatlarni o‘z sur’atingizda tayyorlaysiz
Starter
Oddiy narx: 1 970 000 so‘m
Founding Cohort narxi: 700 000 so‘m
Founding Cohort
1 270 000 so‘m tejaysiz
- 7 haftalik jonli dastur (viza seansi kirmaydi)
- 20 dan oshiq video darsliklar
- Shveytsariya, Italiya, Germaniya, Vengriya va grantlar darslari
- Diagnostika konsultatsiyasi
- Hujjat tekshiruvi — 1 marta
Standart
Oddiy narx: 4 800 000 so‘m
Founding Cohort narxi: 2 600 000 so‘m
Founding Cohort
2 200 000 so‘m tejaysiz
- Starterdagi barcha narsalar
- 8-hafta: alohida viza seansi
- Viza jarayonida hamrohlik
- Hujjat tekshiruvi — 2 marta
VIP
Oddiy narx: 9 800 000 so‘m
Founding Cohort narxi: 7 000 000 so‘m
Founding Cohort
2 800 000 so‘m tejaysiz
- Standartdagi barcha narsalar
- Cheksiz hujjat tekshiruvi
- Universitet tanlashdan jo‘nashgacha to‘liq mentorlik
- Buyuk Britaniya, Koreya va AQSH ham kiradi
- 2–3 bo‘lib to‘lash
- Kafolat: kelishilgan mentorlik bajarilmasa — to‘lov qaytariladi
Pastki narx — Founding Cohort (birinchi 20 talaba). Chizilgan narx keyingi cohort uchun amal qiladi.
Shoshilinch taklif
Birinchi 20 talaba uchun maxsus narx
Hozir ro‘yxatdan o‘tgan birinchi 20 talaba Founding Cohort narxida qatnashadi. Darslar 2026-yil sentyabrda, men Shveytsariyaga borganimdan so‘ng boshlanadi — lekin o‘rindiqlar hozirdan cheklangan sonda band qilinmoqda. Keyingi cohort uchun narx oshadi.
- Starter700 000 so‘m1 970 000 so‘m
- Standart2 600 000 so‘m4 800 000 so‘m
- VIP7 000 000 so‘m9 800 000 so‘m
Tez-tez so‘raladigan savollar
Nemis yoki venger tilini bilishim shartmi?
Yo‘q. Dasturda ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlarga urg‘u beriladi — IELTS yetarli. Til talab qiladigan yo‘nalishlar haqida ham alohida tushuntiramiz.
Agar baholarim a’lo bo‘lmasa-chi?
4 ta davlat va turli xil universitetlar darajasi bor — diagnostika bosqichida sizga real mos variantlarni topamiz.
Bu qancha vaqt oladi?
1–7-haftalar barcha uchun umumiy. Starter 7 haftada tugaydi. Standart va VIP 8-haftada alohida viza seansiga qoladi. Hujjat topshirish esa tanlagan davlatingizga qarab 2026-yil oktyabrdan 2027-yil yozigacha davom etishi mumkin.
Starterda viza bormi?
Yo‘q. Viza — 8-haftadagi alohida seans, faqat Standart va VIP uchun. Starter diagnostika, hujjatlar va 4 ta davlat modulini beradi; viza kerak bo‘lsa, Standart yoki VIP ga o‘tasiz.
VIP da bo‘lib to‘lash va kafolat qanday ishlaydi?
VIP ni 2–3 bo‘lib to‘lash mumkin. Kafolat: kelishilgan VIP mentorlik (seanslar va hujjat ko‘rib chiqish) bajarilmasa, to‘lov qaytariladi. Bu qabul kafolati emas.
Narxi qancha?
Uchta reja bor. Founding Cohort narxi: Starter — 700 000 so‘m, Standart — 2 600 000 so‘m, VIP — 7 000 000 so‘m. Keyingi cohort uchun oddiy narx amal qiladi. Har bir rejaga 20 dan oshiq video darslik kiradi.
Darslarni o‘tkazib yuborsam-chi?
20 dan oshiq video darslik dastur bilan birga beriladi. Jonli darsga ulana olmasangiz ham, videolar orqali o‘z sur’atingizda davom etasiz.
Yevropadagi birinchi qadamingizni bugun tashlang
Hujjatlarni yig‘ish, motivatsion xat yozish, portalda adashib yurish — bularning barchasini yolg‘iz qilishingiz shart emas. Founding Cohort’ga qo‘shiling, biz sizga yo‘lning boshidan oxirigacha hamroh bo‘lamiz.